Jahon

Prezident Olimpiya shaharchasining loyihasi bilan tanishdi

Shaharchada barcha sharoitlar Osiyo Olimpiya kengashi va xalqaro sport federasiyalari talablariga muvofiq bo‘ladi.

Prezident Olimpiya shaharchasining loyihasi bilan tanishdi

 

2025-yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Yashnobod tumanida Olimpiya shaharchasi qurilishi rejalashtirilgan.

 

Loyihaga ko‘ra, shaharcha markazida olimpiya stadioni, uning ikki yonida yopiq sport majmualari, suv sporti saroyi, mashg‘ulot maydonchalari, eshkak eshish havzasi barpo etiladi.  Barcha sharoitlar Osiyo Olimpiya kengashi va xalqaro sport federasiyalari talablariga muvofiq bo‘ladi. Ma’muriy bino, yotoqxona, muzey va xo‘jalik ob’yektlari ham quriladi.

 


Musobaqalardan tashqari vaqtda shaharcha o‘quv-mashg‘ulot bazasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu yerda Oliy sport mahorati instituti, sport federasiyalari va sohadagi boshqa muassasalar faoliyat olib boradi.

 


Yana bir muhim jihat: shaharcha joylashadigan Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab daraxtlar ekilib, sayilgoh tashkil etiladi. U yer aholi uchun ochiq bo‘lib, sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish mumkin bo‘ladi.

 

 

Davlat rahbari loyihaning qiymati, sportchi va tomoshabinlar uchun yaratiladigan qulayliklarni sinchiklab so‘radi. Mutasaddilarga ishlar hajmi va zarur mablag‘ miqdorini yilma-yil hisob-kitob qilib, aniq reja shakllantirish, qurilish bo‘yicha tender e’lon qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

 

 

“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yig‘ilishda Prezident yo‘l chetlarida gullaydigan va bargi rangli daraxtlar ekish maqsadga muvofiqligini aytgan edi. Taqdimotda shu boradagi rejalar ko‘rib chiqildi.

 

Buning uchun Toshkent shahrining Kichik halqa yo‘li, Mustaqillik, Navoiy, Islom Karimov, Afrosiyob, Shahrisabz, Oybek, Bobur kabi 21 ta ko‘chasi tanlab olingan. Ularda kashtan, siren, shumtol, lola daraxti, chinor, jo‘ka kabi manzarali ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan. Shuningdek, daraxtlarning tanasi to‘g‘ri va ildizi mustahkam bo‘lishi uchun repikaj usulida yetishtirish mo‘ljallangan.

 

Davlat rahbari manzarali ko‘chatlar bilan birga mahallalarda anjir, anor, xurmo kabi mevali daraxtlar ekish, ishkomli ko‘chalar tashkil qilish muhimligini ta’kidladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Prezident Olimpiya shaharchasining loyihasi bilan tanishdi | Zamon.uz