Zelenskiyni Saakashvilini taqdir kutmoqda — Ramzan Qodirov
Qodirov Zelenskiyni Putinga taslim bo‘lishga chaqirdi. Aks holda...

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya prezidenti Vladimir Putindan Vladimir Zelenskiy muloqotga tayyor bo‘lsa, unga boshpana so‘rashga yordam berishini, aks holda Zelenskiy Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining taqdiriga duch kelishini aytdi.
“Zelenskiy, agar Polshaga borsang, tuzoqqa tushirilgan va oxir-oqibat o‘z vataniga qaytgan Saakashvilining taqdiriga duch kelasan, agar sen Rossiyaga ishonib, muloqotga tayyor bo‘lsang, men sen bilan yarim yo‘lda va shaxsan uchrashishga tayyorman.
Rossiya prezidentidan... so‘rang, ular sizga boshpana berishadi. Agar hozir meni tinglab, yagona imkoniyatingdan foydalansang, bularning barchasi mumkin bo‘ladi. Qochib ketadigan joy yo‘q.
Men bilan bog‘lan, men senga Vladimir Putin bilan umumiy til topishishga, uchrashuv tashkil qilishga kafolat beraman.
Sen vakolatlarni sobiq prezident – Viktor Yanukovichga o‘tkaz", — deb yozdi Qodirov o‘zining Telegram kanalida.
Qodirovning qo‘shimcha qilishicha, Zelenskiy qaror qabul qilishga shoshilishi kerak.







