AQSHning yaqin istiqbolidagi asosiy raqobatchisi ma’lum qilindi
Amerika maxsus xizmatlari bu haqda maxsus hisobot tayyorladi.

AQSH maxsus xizmatlarining fikricha, Rossiya yaqin kelajakda Qo‘shma Shtatlarning asosiy raqobatchisi bo‘lib qoladi. Bu haqda AQSH milliy razvedkasi direktori apparati hisobotida so‘z boradi.
Ushbu hujjat joriy yilning 21-yanvariga qadar mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida tayyorlangan. U seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Kongress vakillar palatasining razvedka bo‘yicha maxsus qo‘mitasidagi eshittirishlardan oldin e’lon qilingan.
“Taxminimizga ko‘ra, Rossiya yaqin istiqbolda ommaviy qirg‘in qurollari jihatidan AQSHning eng yirik va katta imkoniyatlarga ega raqobatchisi bo‘lib qoladi. Chunki u o‘z yadro arsenalini mukammalashtirib va kengaytirib bormoqda. Shuningdek, strategik va nostrategik qurollarni kuchaytirmoqda”, – deyiladi hujjatda.
Amerika tomonining fikricha, Moskva yadro salohiyatini tiyib turishning va NATO hamda AQSH bilan ehtimoliy nizodagi eng asosiy vosita sifatida ko‘radi. Hisobotda RF AQSH havo-hujumiga qarshi mudofaa tizimini chetlab o‘tuvchi yetkazib berish tizimlarini ishlab chiqmoqda.
Shuningdek, Xitoy haqida ham muhim fikrlar keltirilgan. AQSH razvedkasi Pekin o‘z tarixidagi eng yirik yadro kuchlarini kengaytirayotganini ma’lum qilgan.
“Xitoy o‘z rejalarini cheklab qo‘yadigan kelishuvlardan manfaatdor emas va AQSH yoki Rossiyaning ustunligini belgilab beradigan muzokaralarda ishtirok etmaydi”, – deb qayd etilgan hujjatda.
Avvalroq AQSH yadro quroli Yaponiyaga joylashtirilmasligi ma’lum qilingandi.








