Leonardo Di Kaprio Ukraina armiyasiga 10 mln dollar xayriya qildi
Shuningdek, yana ko'plab dunyo yulduzlari Ukrainani qo'llab-quvatlashlamoqda.

Aktyor Leonardo Di Kaprio Ukraina armiyasiga 10 million dollar xayriya qildi.
Aktyor ildizi ukrainaliklarga borib taqalishini bir necha bor ta'kidlagan. Uning buvisi Elena Smirnova (1915-2008), bir vaqtlar Odessada yashagan. Oktyabr inqilobidan keyin u Germaniyaga ko'chib o'tgan.
Eslatib o'tamiz, Mila Kunis va uning turmush o'rtog'i, aktyor Eshton Kutcher Ukrainaga 3 mln dollar xayriya qilgan edi. Shuningdek, Benedikt Kamberbetch, Anjelina Joli, Maykl Duglas va boshqa jahon yulduzlari ushbu mamlakatni qo'llab-quvvatlashni ochiq bildirishgan.
Avvalroq AQShda noma'lum shaxs Ukraina armiyasiga 1 mln dollar xayriya qilgani xabar qilingandi.








