O'zbekiston

O‘zbekistonda ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish taqiqlanmoqda

Oliy Majlisda yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonda ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish taqiqlanmoqda

 

Kecha, 7-mart kuni Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda senatorlar yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga e’tibor qaratdilar. Amaldagi qonunchilik hujjatlarida umumiy tusga ega bo‘lgan va ishlamaydigan normalar mavjudligi, ular reklama faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni to‘liq qamrab olmaganligi huquqni qo‘llash amaliyotida ko‘plab huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘layotgani ta’kidlangandi.

 

Birgina 2021-yilda reklama sohasida 15486 ta qonun buzarlik holati aniqlangan. Jumladan, tashqi reklama va boshqa reklamalarda 10249 ta, daraxtlardagi reklama va e’lonlarda 3416 ta, dori-darmon va biologik faol qo‘shimchalar reklamasida 658 ta, ta’maki va alkagol mahsuloti reklamasi 499 ta, bukmekerlik va tatalizatorlar xizmatlari reklamasi 260 ta, madaniy meros ob’yektlari bo‘yicha 150 ta, xususiy ta’lim va tibbiyot muassasalari 110 ta, rag‘batlantiruvchi konkurs va aksiyalar 103 ta holat qayd etilgan.

 

Yangi tahrirdagi Qonunga qonunosti hujjatlar normalari ham kiritilgan.

 

Qonunga amaliyot va xorijiy tajriba tahlili asosida rag‘batlantiruvchi reklama aksiyalarini tashkil etish va o‘tkazishga oid normalar kiritilgan. Xususan, tegishli mukofot fondisiz rag‘batlantiruvchi reklama aksiyalarini o‘tkazish taqiqlanmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama davlat tilida tarqatilishi, qo‘shimcha ravishda uning tarjimasi boshqa tillarda takrorlanishi mumkinligi belgilanmoqda.

 

Qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyoti hamda xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda reklamaga qo‘yiladigan talablar kuchaytirilib, yangi normalar kiritilmoqda.

 

Xususan, darsliklar va daftarlarda reklama joylashtirish, reklama narxlarini xorijiy valyutada ko‘rsatish, axloq va ma’naviyatning umumqabul qilingan normalariga zid keluvchi shakl, ibora, va obrazlardan foydalanish, tovarning asosiy xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni iste’molchidan yashirish taqiqlanmoqda.

 

Shuningdek, ayrim turdagi reklama vositalari orqali reklama tarqatishning o‘ziga xos xususiyatlari belgilanmoqda. Jumladan, telekanallar efirida tarqatilayotgan reklamaning umumiy davomiyligi ko‘rsatuv vaqtining bir soati uchun yigirma foizdan, biroq bir sutkada ko‘rsatuv vaqtining o‘n besh foizidan oshishi mumkin emas. Davomiyligi o‘n daqiqadan kam bo‘lgan teleko‘rsatuvlarni reklama bilan uzib qo‘yishga va reklama bilan birga namoyish etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Qonunning yana bir muhim jihati ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish taqiqlanmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish taqiqlanmoqda | Zamon.uz