O'zbekiston

"Teatr bilan hamnafas yashayman"

Baletchi Nodira Hamrayevaning san’atdagi sirli olami haqida.

"Teatr bilan hamnafas yashayman"

 

17 yildan beri balet sahnasida raqs ijro etaman. Balet qandaydir sehr bor. Buni ushbu san’atning shinavandasigina his qilishi mumkin. Balet san’atiga kirdingmi tamom, unga sho‘ng‘ib ketasan. Sahnada yengil qushdek raqsga tushasan. Bu men uchun baxt.    

 

Balerinalikni ham o‘ziga xos mashaqqatlari bor.  Doim qomatimizni saqlashga harakat qilamiz. Belgilangan  vazndan ortiqcha semirish biz uchun og‘riqli nuqta. Ovqatlanish va   shirinliklar me’yorida bo‘lishi shart. Soatlab mashq qilamiz. Sahnadagi vaqtimiz juda qisqa. Chunki baletda bel va tizza ma’lum vaqtdan so‘ng muvozanatini yo‘qotishini yaxshi bilamiz. Shuni bila turib, bu go‘zal san’atga o‘zimizni baxshida qilamiz. Oyoq barmoqlarimiz og‘riydi. Qavarib ketadi. Lekin sahnaga chiqqach  tomoshabin olqishlarini ko‘rib, barchasi unutiladi. 

 

Sahna shunday joyki, chiqdingmi, tamom, muammolarni unutish kerak. Shunday vaqtlar bo‘ldiki, oilamga yetarli darajada vaqt ajratolmay qolaman. Ammo men bo‘sh vaqt topdim deguncha uyimga, oilam bag‘riga talpinaman. Doimiy gastrollar,  konsertlar meni yaqinlarimdan bir muddat uzoqlashtiradi. San’at shunday qurbonlik talab qiladi.

 

Avvallari ko‘p bolali bo‘lishga ruxsat berilmas edi. Tug‘riq ta’tiliga ketgan  balerina o‘z qomatini yo‘qotadi, deb  asosiy rollardan mahrum etilardi.   Hozir yangi texnologiya  va metodlar bor. Ular orqali ortiqcha yog‘larni  bemalol eritsa bo‘ladi. Ozish muammo bo‘lmay qoldi. Endilikda  balerinalarning 3-4 nafar farzandlari bor.

 

Har bir spektakldagi raqsni olingan videolar orqali bir necha bor tomosha qilaman. O‘zim-o‘zimga tanqidchiman.  Xatolarimni birin-ketin ko‘raman.  Ularni tuzatish uchun ustimda ishlayman. Kechasi bilan uxlamay, qanday qilsam shu joyi chiroyli chiqadi, deb o‘ylab chiqqan vaqtlarim ko‘p bo‘ladi.

 

Onamning balerina bo‘lgani menga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Men yoshligimda onam bilan teatrga borardim. Ularni raqslarini diqqat bilan tomosha qilardim. So‘ng, o‘sha harakatlarni takrorlardim. Lekin doim odamlar meni O‘zbekiston xalq artisti Guli  Hamrayevaning qizi deb emas, balki Nodira Hamrayev deb bilishlarini istardim. Ular obrazga kirib balet tushayotganlarida men sahnada onamni emas, o‘sha ijro etilayotgan qahramonni ko‘rardim. Onam bilan bir sahnada raqs tushish baxtiga ham muyassar bo‘lganman. Onamning aytishicha, xarografiya maktabiga bobom yetaklab borgan ekanlar. 40 yil davomida balet sahnasida asosiy rol ijro etdilar. Shu bilan birga, kino san’atida ham salmoqli ijod qildilar. 1968 yil “Yettinchi o‘q”  nomli kinoning rejissyori Ali Xamroyev ularni kinoga taklif etgan. Moskvada "Yilning eng yaxshi aktrisasi" degan unvon ham berilgan. 

 

Men ham onam kabi o‘qituvchi bo‘lib,   san’atimni boshqalarga o‘rgataman. Shogirdlarim ko‘p. O‘zimning raqs maktabimni ochganman. 

 

Biz so‘z bilan aytganda, men teatrda yashayman. Balet mening hayotim.

 

Munojat Valiyeva yozib oldi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

"Teatr bilan hamnafas yashayman" | Zamon.uz