Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarning uchinchi raundi yakunlandi
Muzokaralar natijasida gumanitar yo‘laklarning moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash borasida bir qator ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi.

Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urushni tugatish boʻyicha muzokaralarning uchinchi raundi oʻz nihoyasiga yetdi.
“Gumanitar yoʻlaklarning logistikasini yaxshilashda kichik ijobiy siljishlar kuzatilmoqda... Oʻt ochishni toʻxtatish va xavfsizlik kafolatlari bilan bir qatorda kelishuvning asosiy siyosiy bloki boʻyicha intensiv maslahatlashuvlar davom etdi”, - dedi Ukraina delegatsiyasi aʼzosi Podolyak.
U ijobiy natijaga erishilgunga qadar maslahatlashuvlar davom etishini alohida taʼkidladi.
Eslatib o‘tamiz, muzokaralarning uchinchi raundi arafasida Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov agar Kiyev Kreml talablarini bajarsa, Rossiya Ukrainaga qarshi tajovuzni “bir lahzada” to‘xtatishga tayyorligini aytgan edi. Bu talablar orasida Qrimni Rossiya, “LDNR”ni esa “mustaqil davlatlar” deb tan olish, Konstitutsiyaga “har qanday blok”ga qo‘shilish da’volarini rad etish bilan o‘zgartirish kiritish bor.








