Andijonda pochta xodimi 172 mln so‘mni talon-taroj qildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 2 ta moddasi bilan ish ochilgan.

Bosh prokuratura xuzuridagi Departamentning ma’lum qilishicha, Andijon tumani pochta aloqa bog‘lanmasi bosh hisobchisi va boshqa shaxslar o‘zaro til biriktirib, bank-kliyent dasturiga soxta ma’lumotlar kiritish orqali aholidan aliment va kommunal to‘lovlari uchun undirilgan 172 mln so‘mni o‘zlashtirib olishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








