Jahon

Madrid “spektakl”ga tayyor

Chempionlar ligasining chorak final chiptasi kimga nasib etadi?

Madrid “spektakl”ga tayyor

 

Bugun, Yevropa chempionlar ligasi 1/8 finalining javob o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahslar doirasida Madridning “Real” klubi o‘z maydonida “PSJ”ni qabul qiladi. Uchrashuv Ispaniyadagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi. 

 

“Real” turnirda qolish uchun kurashadi

 

“Real Madrid” klubi ayni damda La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa 27 ta o‘yinda 63 ochko jamg‘argan holda, eng yaqin ta’qibchisini sakkiz ochkoga ortda qoldirmoqda. Ispaniya chempionati doirasida o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuvda Karlo Anchelotti shogirdlari to‘rtta g‘alaba va bir durang natija qayd etishdi. Bu mavsumda mardridliklar hujumda yaxshi harakat qilishmoqda. Ular shu vaqtga qadar 56 ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Jamoa chempionatdagi so‘nggi uchta o‘yinda, sakkizta gol urdi. Oxirgi o‘yinlarda klub hujumchisi Karim Benzema uchta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Vinisius Junior va Marko Asensio ham samarali harakat qilishdi. Luka Modrich “Real Sosedad” bilan bo‘lgan so‘nggi o‘yin qahramonlaridan biri bo‘ldi.

 

Ammo “qaymoqranglilar” “PSJ”ga qarshi birinchi o‘yinda o‘zlarining hujumdagi imkoniyatlarini to‘liq ko‘rsata olishmadi. O‘yin davomida raqib darvozaga bor yo‘g‘i uchta zarba yo‘lladi. Himoya chizig‘ida ham kamchiliklar borligi yaqqol sezildi. Bu raqibga xavfli vaziyatlarni yaratishga imkon berdi. Shunga qaramay, jamoa o‘z darvozasidan faqat bitta gol o‘tkazib yubordi. Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining so‘nggi besh uchrashuvida “Real” faqatgina penaltidan gol o‘tkazib yubordi.

 

“PSJ” Parijga g‘alaba bilan qaytishga harakat qiladi

 

Parijliklar Liga 1 turnir jadvalida katta farq bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ular 27 tur davomida 62 ochko jamg‘argan va ikkinchi o‘rindagi “Nitsa”dan 13 ochko oldinda bormoqda. Biroq oxirgi o‘yinlarda jamoa passiv o‘yin ko‘rsatmoqda. Klub Fransiya chempionatining so‘nggi besh turida uchta g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat qayd etdi. Ahamiyatlisi, parijliklar Fransiya kubogidan “Nitsa”ga uchragan mag‘lubiyat sabab chiqib ketishdi. Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o‘yinida “PSJ” “Real”ni Kilian Mbappening 90+4-daqiqada urgan goli evaziga kichik hisobda mag‘lub etdi.


Ushbu o‘yinda Parij klubi himoyada samarali harakat qildi. Raqibga birorta ham xavfli vaziyat yaratishga imkon bermadi. Biroq oxirgi uchta o‘yinda jamoa beshta gol o‘tkazib yubordi.

 

Parijliklar birdaniga uchta gol o‘tkazib yuborgan “Nant” bilan bahsda eng omadsiz o‘yinini namoyish etishdi. Qolaversa, “Nitsa”ga qarshi o‘tgan oxirgi uchrashuvda “PSJ” futbolchilari raqib darvozasi tomon bor yo‘g‘i sakkizta zarba berishdi. Klub “Cyent-Eten” bilan o‘yinda hujumda ancha sermahsul harakat qildi. Raqib darvozasi uch bor ishg‘ol qilindi. Uchrashuvda Kilian Mbappe ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Kimlar maydonga tusholmaydi?

 

“Real Madrid” klubida Kazemiro va Ferland Mendi sariq kartochkalari ko‘payib ketgani sababli diskvalifikasiya qilingan. Toni Kroos mushaklaridagi jarohati tufayli uchrashuvda ishtirok etolmaydi.


“PSJ”da esa Serxio Ramos hamda Ander Errera jarohati tufayli maydonga tusholmaydi. Leandro Paredes so‘nggi 3 o‘yindan beri jag‘idagi jarohati sabab jamoa mashg‘ulotlarida qatnasholmadi. U “Real”ga qarshi javob o‘yinini ham o‘tkazib yuborishi mumkin.

 

O‘zaro statistika

 

Jamoalar Yevro kuboklar doirasidagi musobaqalarda jami 11 ta rasmiy o‘yinda to‘qnash kelishgan. Yaqqol ustunlik aynan bir jamoada deyish qiyin. Mazkur bahslarda klublar to‘rttadan g‘alabani o‘z hisobiga yozib qo‘yishgan bo‘lsa, uchta o‘yin durang natija bilan yakunlangan. 

 

Ma’lumot o‘rnida: 2019-yilda jamoalar Chempionlar ligasi guruh bosqichida to‘qnash kelishgandi. Fransiyada o‘tgan birinchi o‘yinda parijliklar 3:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Madriddagi javob uchrashuvi 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlangan.

 

Jamshidbek Amirov

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Madrid “spektakl”ga tayyor | Zamon.uz