O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Eron delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda terrorizm, ekstremizm va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi masalalar muhokama qilingan.

Shavkat Mirziyoyev Eron delegatsiyasini qabul qildi

 

Bugun, 9-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  Eron Islom Respublikasi Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Shamxoniy boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

 

O‘zbekiston–Eron munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv avvalida Ali Shamxoniy davlatimiz rahbariga Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

O‘zbekiston yetakchisi oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki tomonlama hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. O‘zaro savdo hajmi ortmoqda, ikki mamlakat yetakchi korxonalari va kompaniyalarining sanoat kooperasiyasi kengaymoqda. O‘tgan oyda Tehron shahrida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va biznes forum muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Yana bir qator muhim tadbirlar rejalashtirilgan.

 

Bugun Toshkent shahrida o‘tgan Xavfsizlik bo‘yicha qo‘shma komissiya birinchi yig‘ilishining amaliy natijalari ijobiy baholandi.

 

Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy va transport-kommunikasiya sohalarida sheriklik loyihalari va dasturlarini ilgari surish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, shu jumladan xavfi ortib borayotgan terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotiklarning noqonuniy aylanmasi tahdidlariga qarshi kurashish masalalarida samarali hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Shuninshdek, Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat hamda ushbu mamlakatdagi gumanitar inqirozni yengib o‘tishga zarur ko‘mak ko‘rsatish choralari yuzasidan fikr almashildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Eron delegatsiyasini qabul qildi | Zamon.uz