O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev “Yangi Namangan” shaharchasining ikkinchi bosqich loyihasi bilan tanishdi

Davlat rahbari uylarning sifati, infratuzilmasi qanday bo‘lishi bilan qiziqdi.

Shavkat Mirziyoyev “Yangi Namangan” shaharchasining ikkinchi bosqich loyihasi bilan tanishdi

 

Prezident o‘zining saylovoldi dasturida Namangan shahrini “bir millionlik shahar”ga aylantirish va “Yangi Namangan” shaharchasini kengaytirishni aytgandi.

 

Taqdimotda ushbu shaharchaning ikkinchi bosqichi bosh rejasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, 272 gektar maydonda 20 ming xonadonga ega 171 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.

 

Davlat rahbari uylarning sifati, infratuzilmasi qanday bo‘lishi bilan qiziqdi. Mutasaddilarga hozir ko‘p qavatli uylarda yashayotgan odamlar va talabgorlar bilan uchrashib, ularning takliflarini olish, shu asosida loyihani tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, batafsil rejalashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.

 

Hududda uylarni va muhandislik-kommunikasiya tarmoqlarini to‘g‘ri joylashtirish, binolarda milliy hunarmandchiligimizga xos  bezaklardan foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

 

Shaharcha hududida ish o‘rinlari tashkil etish, xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Loyihaga ko‘ra, bu yerda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ini barpo etish ham rejalashtirilgan. Prezident bog‘ uchun daraxt ko‘chatlarini hozirdan yetishtirish, ko‘p qavatli uylar oldida va yo‘l bo‘ylarida ham daraxtlar ekish zarurligini ta’kidladi.

 

Namangan viloyatida kichik sanoat zonalari infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llar va ichimlik suvi tarmoqlarini ta’mirlash masalalariga ham e’tibor qaratildi. Mutasaddilarga hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli ishini tashkil etish, mahallalarda sport maydonchalari, maishiy xizmat majmualari qurish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev “Yangi Namangan” shaharchasining ikkinchi bosqich loyihasi bilan tanishdi | Zamon.uz