1-apreldan boshlab davlat bog‘chalariga 2 yoshli bolalar ham qabul qilinadi
Bu bo‘yicha Prezident farmoni imzolandi.

“Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni imzolandi.
Unga ko‘ra, 2022 yil 1 apreldan boshlab to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi.








