Angrenda kuchli yog’ingarchilik sabab bir kishi soy o’zanida qolib ketdi
Hozirda ushbu fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.

Bugun, 11-mart kuni Toshkent viloyatining Angren shahridan oqib o’tuvchi “Qorabog‘soy”da S. J ismli fuqaro kuchli yog‘ingarchilik sabab soy o‘zanida qolib ketgan.
Shahar FVB qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, fuqaroni soy o‘zanidan olib chiqqan. Tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari tomonidan unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shahar markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida.
Avvalroq Angrenda 16 metrli quduq ichiga tushib ketgan fuqaro qutqarilgani haqida xabar berilgandi.








