AQSH senatorlari Ukrainaga samolyotlar yetkazib berishni so‘radi
Ular Baydenga shu mazmunda maktub jo‘natgan.

Bir guruh AQSHlik senatorlar Jozef Baydendan Ukrainaga harbiy aviatsiya yetkazib berishni so‘rab murojaat qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
"Biz sizni Polsha hamda NATOdagi ittifoqchilar bilan birgalikda harakat qilishga va Ukrainaga tezroq aviatsiya, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari yetkazib berishga chaqiramiz", — detsiladi murojaatda. Senatorlar Varshavaning Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berish imkoniyatidan mahrum qilgani uchun Baydenni tanqid qilgan. Murojaat 40 nafar Senat aʼzosi tomonidan imzolangan.
Maʼlumot o‘rnida: 24 fevral kuni Rossiya Ukrainada maxsus operatsiya boshladi. Hozirda Kiyevning aviatsiya va havo-hujumiga qarshi tizimlarini deyarli yo‘q qilingan. Bunga javoban Vladimir Zelenskiy Yevropa davlatlarini harbiy samolyot yetkazib berishga chaqirdi.
Hozirda Polsha bunga rozilik bildirgan. Ammo u buning evaziga F-16 qiruvchi samolyotlari so‘ragan. Shuningdek, u yetkazib bermoqchi bo‘lgan aviatsiya birliklari AQSH bazalaridan olib ketilishi kerak. Pentagon rasmiy vakili Jon Kirbi hozirda bu qadam maqbul emasligini maʼlum qilgan.
Eslatb o‘tamiz, avvalroq Vashington Ukrainaga 14 milliard dollarlik yordam berishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







