Samarqandda bankomatni “tunamoqchi” bo‘lgan yigit ushlandi
Yigit o‘z “rejasini” yarim tunda amalga oshirmoqchi bo‘lgan.

Milliy gvardiya Samarqand viloyati boshqarmasi Samarqand shahar qo‘riqlash bo‘limi xodimlari joriy yilning 26-fevralidan 27-fevralga o‘tar kechasi soat 00:16lar atrofida Samarqand shahar Amir Temur ko‘chasida joylashgan “Hamkorbank” Samarqand viloyati filiali binosi oldidagi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchasida noma’lum shaxs temir jism bilan bankomatni ochayotganini kuzatib, uni qo‘lga olgan.
Fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida Samarqand shahar 5-son IIBga olib borilganda ushbu fuqaro 2004 yil tug‘ilgan, Jomboy tumanida yashovchi fuqaro ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








