Toshkent viloyatida avtobus yonib ketdi
Hodisa Toshkent–Termiz yo‘nalishida sodir bo‘lgan.

Bugun, 11-mart kuni Yangiyo‘l tumanining “Yangiyo‘l” MFY hududidagi “Toshkent–Termiz” avtomobil yo‘lida “Isuzu” rusumli avtobusda yong‘in yuzaga kelgan.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Avtobusga zarar yetgan.
Hozirda holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanida avtobus yonib ketgani xabar qilingandi.








