Hindiston xalqaro reyslar uchun cheklovni bekor qildi
Cheklovlar koronavirus sabab o‘rnatilgandi.

Hindiston hukumati 27 martdan boshlab barcha xalqaro parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berdi.
Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mamlakat hukumati koronavirus tufayli 2020 yilda xalqaro reyslar uchun taqiq qo‘ygan edi. Bu esa salkam ikki yil davomida amalda bo‘lib keldi.
"Dunyo bo‘ylab emlashning keng qamrovini tan olgan holda va manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashgandan so‘ng, Hindiston hukumati 27 martdan kunidan boshlab Hindistonga va Hindistondan muntazam tijorat xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlarini qayta tiklashga qaror qildi", — deydi aviatsiya departamenti vakili.







