Kim qancha bera oladi?
Tramp o‘z tarafdorlaridan xayriya so‘ramoqda

AQSHning sobiq prezidenti va keyingi saylovdagi ehtimoliy nomzod Donald Tramp o‘z tarafdorlarlariga murojaat qilib, yangi samolyotga pul so‘radi.
Ehtimoliy homiylarga yuborilgan elektron maktubda Trump Force One samolyoti yaralishi haqida ma’lumot berilgan.
Maktubda sobiq prezidentning o‘z samolyotida parvoz qilgan paytlari eslatilgan va ular Trampning yangi laynerini ko‘rishni istaydimi, yo‘qmi so‘ralgan. Xatda xayriya sahifasiga ilova berilgan.
2016 yilgi prezidentlik poygasi davrida Tramp Boing-757 samolyotida harakatlangan. Ammo shundan so‘ng aeroportda qolib ketgan samolyot yaroqsiz holatga kelgan.
O‘tgan yili samolyot endi parvoz qilmasligi e’lon qilindi. Uning bir dvigateli olib qo‘yilgan, ikkinchisi mahsus qoplama bilan qoplangan.
Tramp xususiy shaxsning laynerini ijaraga olgan, ammo u ham dvigatellaridan biri ishdan chiqqach, uchmay qo‘ydi.
Semolet Trampni Yangi Orleandan Floridaga olib kelishi kerak edi, ammo parvoz bekor qilindi.
Oldinroq Tram o‘zi bilan ovqatlanish uchun 250 ming dollar so‘ragan edi.








