Sardor Berdimuhammedov otasining siyosatini davom ettirmoqchi
Turkmanistonda prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda.

Sardor Berdimuhammedov prezident etib sayangan taqdirda, Turkmanistonning neytral maqomini saqlab qoladi.
Bu haqda u TASSga maʼlum qilgan.
"Agar menga katta ishonch bildirishsa, albatta, mamlakatimizning neytral tashqi siyosatini davom ettiraman", – degan u.
Berdimuhammedov Turkmaniston tinchliksevar davlat ekanini taʼkidladi. Shuningdek, u xalqaro tashkilotlar, eng avvalo BMT bilan hamkorlikni kuchaytirish Ashxobod tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini qayd etgan.
Maʼlumot o‘rnida: 12 mart kuni Turkmanistonda prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 9 nafar nomzod ishtirok etyapti. Turkmanistonning amaldagi rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov 11 fevral kuni parlamentda hokimiyatni yoshlarga berishini maʼlum qilgandi.







