Bu yog‘iga nima sodir boʻlishi ruslarga bogʻliq – Jozeo Borrel
Yevropa Ittifoqi vakili Ukraina uzra uchish taqiqlangan hududning yaratilishi uchinchi jahon urushining boshlanishiga olib kelishi haqida gapirdi.

Ukraina uzra uchish taqiqlangan hududning yaratilishi uchinchi jahon urushining boshlanishiga olib kelishi mumkin. Bunday fikrni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozeo Borrel "El Periódico" gazetasiga bergan intervyusida bildirdi.
"Biz harbiy nuqtai nazardan qo'limizdan kelganini qilmoqdamiz, ukrainaliklarga harbiy texnika bilan yordam beramiz, urushni boshqa mamlakatlarga tarqatmaslikdan ehtiyot bo'lamiz va yadroviy hujumlarga aylanib ketishi mumkin bo'lgan qarama-qarshilikdan qochamiz. Uchish taqiqlangan hududni so'rash, bu Rossiya samolyotlarini urib tushirish qobiliyatini bildiradi. Bu esa mojaroning uchinchi jahon urushigacha kengayishini anglatadi", degan siyosatchi.
Shuningdek Borrelning aytishicha, sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotini zaiflashtirishi va ularga qimmatga tushishi mumkin.
Bu yog'iga nima sodir boʻlishi ruslarga bogʻliq,deya qoʻshimcha qilgan u.








