Bugun hamma dam olyapti, lekin ular ishda
13-mart kuni ham respublika bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishda davom etmoqda. Ayrim hududlarda tabiatning noodatiy hodisalari kuzatildi.

O‘zgidromet 13-mart kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turishini, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi va ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot bergandi.

Kutilganidek, ko‘plab hududlarda bugun ham yomg‘ir yog‘ishda davom etmoqda. Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlarida ertalabki soat 9–10 atrofida quyuq bulut sabab atrofni qorong‘ilik qopladi va ko‘chalarda tungi chiroqlar yoqildi. Shundan so‘ng mazkur hududlarda kuchli do‘l yog‘ishni boshlagan.

Toshkentning ayrim ko‘chalari esa suv bilan to‘lgan. Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, ko‘chalarni hosil bo‘lgan “ko‘lmaklar”dan “tozalashmoqda”.








