Poytaxtda 3 ta avtomashinani daraxt bosib qoldi
Hodisa Toshkentdagi mehmonxonalardan biri yonida sodir bo‘lgan.

Kecha, 12-mart kuni soat 22.10 atrofida Mirzo Ulug‘bek tumanining Shahrisabz ko‘chasida joylashgan “La Granda Plaza” mehmonxonasi yonidagi daraxt avtomashinalar ustiga qulab tushgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. 3 ta yengil avtomashinaga zarar yetgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sizlardan kuchli shamol va yog‘ingarchilik vaqtida avtotransport vositalarini daraxtlar ostida qoldirmasligingizni so‘rab qoladi, deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkentda “Matiz” va “Nexia–3” ishtirokida YTH sodir bo‘lgani xabar qilingandi.








