Toshkentda qalbaki dollar sotayotgan shaxslar ushlandi
Tezkor tadbirda jami 50 dona soxta pul aniqlangan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki nafar shaxs o’zaro til biriktirib, jami 50 dona qalbaki 100 AQSH dollari kupyuralarini 32 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Farg'onada soxta pul ishlab chiqargan ayol ushlangani haqida xabar berilgandi.








