O'zbekiston

Ikki yillik tanaffusdan so‘ng O’zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida xalqaro avtobuslar qatnovi tiklanmoqda

Shuningdek, Qozog‘iston orqali Rossiyaga avtobus tashuvlari yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Ikki yillik tanaffusdan so‘ng O’zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida xalqaro avtobuslar qatnovi tiklanmoqda

 

16-martdan boshlab O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ikki tomonlama muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlarida qatnovlar qayta tiklanadi.  Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilishicha, 16-martdan tashuvchilar tomonidan Toshkent – Nursulton, Toshkent – Olmaota, Toshkent – Qizilo‘rda, Toshkent – Turkiston, Toshkent – Irgeli, Chirchiq – Chimkent, Chirchiq – Olmaota  yo‘nalishlarida qatnovlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

 

Shuningdek, hozirda Qozog‘iston Respublikasi orqali Rossiya Federatsiyasi va Qirg‘iziston Respublikasiga tranzit avtobus tashuvlarini tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

 


Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi xalqaro avtobus qatnovlari koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yil 16 mart kuni to‘xtatilgan edi.

 

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"