Jahon

O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlari telefon orqali muloqat qildilar

Ikki davlat rahbarlari ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.

O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlari telefon orqali muloqat qildilar

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 mart kuni Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yana-da mustahkamlash va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Suhbat avvalida davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bir-birini tabriklab, samimiy istaklarini bildirdilar. Ushbu tarixiy davrda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish borasida birgalikda katta ishlar qilingani, o‘zaro ishonch va sheriklik uchun mustahkam poydevor yaratilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Yetakchilar O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi amaliy hamkorlik holati va istiqbollarini ham muhokama qildilar, turli darajalarda muntazam siyosiy muloqot va faol aloqalarni davom ettirish muhim ekanini taʼkidladilar.

 

Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan savdo, investitsiyalar, yuqori texnologiyalar, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi. Moliyaviy-texnik ko‘makni hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni, eng avvalo, O‘zbekistonda nemis tilini chuqurlashtirilgan o‘qitish sohasida kengaytirish muhimligi qayd etildi.

 

Prezidentlar xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari, shu jumladan Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdilar. Vaziyatning yana-da keskin tus olishiga yo‘l qo‘ymaslik va mojaroni tez fursatda tartibga solish uchun siyosiy-diplomatik saʼy-harakatlarni davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.

Telefon muloqoti har doimgidek ishonch ruhida va do‘stona muhitda o‘tdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlari telefon orqali muloqat qildilar | Zamon.uz