O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig’ilishi o’tkazdi

Yig’ilishda 25 ta davlat korxonasida operatsion samaradorlikni oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani ko‘rsatib o‘tilgan.

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig’ilishi o’tkazdi

 

Bugun, 14-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, davlat korxonalarini transformatsiya qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

 

Ma’lumki, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, raqobat muhitini yaxshilash maqsadida davlat korxonalari transformasiya qilinmoqda. Yig‘ilishda bu boradagi ishlarni jadallashtirish va davlat aktivlarini xususiylashtirish masalalari muhokama qilindi.

 

Jumladan, 25 ta davlat korxonasida operasion samaradorlikni oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani ko‘rsatib o‘tildi. Hozirgi zamon talabiga javob bermaydigan, zarar bilan ishlayotgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash amaliyotidan butunlay voz kechish kerakligi aytildi.

 

Transport sohasidagi ishlar holati ham ko‘rib chiqildi. Tranzit yo‘lovchilar oqimini oshirish, charter parvozlarga ruxsat berish tizimini soddalashtirish, mahalliy aeroportlarni mintaqaviy tranzit xabiga aylantirish choralari belgilandi.

 

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi erkin raqobat sharoitida ishlash uchun zamonaviy yondashuvlarni joriy qilishi, aviachiptalar narxining oshishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi ta’kidlandi.

 

Shuningdek, yig‘ilishda iqtisodiyotda joriy yilning birinchi choragi yakunida kutilayotgan natijalar tahlil qilindi. Yangi korxonalarni foydalanishga topshirib, ish o‘rinlari tashkil etish, aholi daromadlarini oshirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Hokimlar va tarmoq rahbarlariga iqtisodiy asoslanmagan loyihalarning ilgari surilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Mutasaddi idoralarga ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish, investisiya loyihalarining bozor iqtisodiyoti talabiga javob berishini o‘rganish vazifasi qo‘yildi.

 

Eksport masalalari muhokama qilinar ekan, tashqi bozordagi bugungi vaziyatdan kelib chiqib, transport va logistika masalalarini hal etish, eksport geografiyasini kengaytirish, mahsulotlarni yangi bozorlarga chiqarish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Viloyat hokimlari oziq-ovqat xavfsizligini va bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha vazifalar ijrosi to‘g‘risida axborot berdi.

 

Jumladan, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur hududlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi eksport yo‘nalishlarini ochish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan viloyat hokimlarining hisoboti eshitildi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig’ilishi o’tkazdi | Zamon.uz