"Bayden Amerikani barbod qilyapti"
"Fox News" telekanali boshlovchisi amaldagi prezidentni tanqid qildi.

"Fox News" telekanali boshlovchisi Taker Karlson AQSHning amaldagi prezidenti Jo Baydenni Amerikani yo‘q qilishda aybladi. Uning fikricha, Oq uyning Rossiya qarshi e’lon qilgan sanksiyalari “Rossiyaga qarshi iqtisodiy urushdir”, Amerika hukumatining sanksiya ro‘yxatidagi rossiyaliklarning mulkini tortib olishi esa “hech qanday qonunga to‘g‘ri kelmaydi”.
“Amerikaning birorta hukumati bunday ish qilmagan”, — deydi Taker.
Teleboshlovchi bunday choralar ichki dushmanlarga ham qo‘llanilishi mumkinligini, ammo bu faqat vaqt masalasi ekanini aytdi.
Jurnalist hozirgi voqealarga so‘nggi 15 yillikdagi Baydenning oldingi safdoshlarining hissasi borligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yirik davlatlarning, birinchi navbatda Rossiyaning dollardan foydalanishdan bosh tortishi AQSH uchun qimmatga tushadi.







