O’zbekistonda TikTok blokdan chiqarildi
Ilovaga VPN’siz kirish imkoniyati paydo bo’lgan.

O‘zbekistonda 2021-yil iyul oyida bloklangan Twitter, TikTok va “VKontakte” ijtimoiy tarmoqlarining sayti, mobil internet versiyasi hamda ilovasi erkin ochilishni boshladi.
Bu nima bog‘liq ekanligi haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q. Ijtimoiy tarmoqlarning ochilishi qancha vaqt davom etishi ham aniq emas.








