Toshkentda qimmatbaho toshni 220 ming dollarga sotayotgan fuqarolar ushlandi
Ular asil bahosi 30 mln so‘mlik toshni shu narxga pullamoqchi bo‘lgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, bir guruh fuqarolar oldindan til biriktirib, 1 dona (haqiqiy bahosi 30 mln so‘m bo‘lgan) tabiiy toshni 220 000 AQSH dollariga qonunga hilof ravishda o‘tkazgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, ulardan jami 4 ta tabiiy tosh hamda simob moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, toshlarning sof og‘irligi 333,8 grammni tashkil etib, tarkibi rubin, kvars, flyuorit, granat, pirop va sapfir birikmalardan iborat tabiiy qimmatbaho tosh ekanligi qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








