Jahon

Yevropada NATOning 140 ming askari bor — Yens Stoltenberg

Shuningdek, alyansning 24 martdagi sammitidan ko‘zlangan maqsad ochiqlandi.

Yevropada NATOning 140 ming askari bor — Yens Stoltenberg

 

Yens Stoltengberg 24 mart kuni bo‘lib o‘tadigan NATO favqulodda sammitidan ko‘zlangan maqsadni ochiqladi.

Bu haqda “TASS” xabar berdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropadagi geosiyosiy vaziyat va Rossiyani tiyib turish sammitning asosiy vazifasi sanaladi. Bugun Bryusselda bo‘lib o‘tgan alyansga aʼzo davlatlar mudofaa vazirlari uchrashuvida quruqlik, havo, dengiz, kosmos va kibermakonda kollektiv mudofaani kuchaytirish choralarini ishlab chiqish masalasini ko‘rib chiqish topshirilgan.

 

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, NATO mamlakatlari o‘z xavfsizligi uchun yangi reallikka duch keldi. Shuning uchun “kollektiv mudofaa tizimini qayta yo‘lga qo‘yish hamda uzoqroq muddatga tiyib turish siyosatini qayta ko‘rib chiqish lozim”.

Alyans bosh kotibining taʼkidlashicha, yangi xavfsizlik strategiyasi NATO sharqiy qanotida quruqlikda ko‘proq qo‘shin joylashtirishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, havoda ko‘proq samolyotlar paydo bo‘lishi, Havo hujumiga va raketaga qarshi tizimlar joylashtirilishi zarur. Dengizda esa doimiy asnoda aviatashuvchilarning zarbdor guruhlari, suvosti va jangovor kemalarni joylashtirish rejalashtirilgan.

 

“Tiyib turuvchi kuchlar va qurollarning ko‘paytirilishi o‘z navbatida harbiy xarajatlarning ham oshishini bildiradi. Alyans davlatlari eng kamida YAIMning foizini mudofaaga ajratishi kerak”, – degan Stoltenberg.

 

Shuningdek, hozirda Yevropada NATOning 140 ming askari borligi maʼlum qilingan. Ulardan 100 mingi AQSH qo‘shinlari, qolgan 40 ming askar bevosita NATO qo‘mondonligi ostida. Ular asosan alyansning sharqiy qanotiga joylashtirilgan.

Avvalroq AQSH Arktikadagi harbiy ishtirokini kuchaytirmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi. 

custom img

"Men boshqalarning o‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdim”: Flydubai kapitani voqea tafsilotlarini aytdi

Flydubai reysida ikkinchi uchuvchi tomonidan hujumga uchragan Smit Machchhar Hindiston Bosh vaziri bilan suhbatlashdi.

custom img

Tailanddagi suv toshqini avtomobil sanoatiga ta’sir qildi: Toyota va Honda zavodlarini yopdi

Suv toshqini ehtiyot qismlar yetkazib berish zanjirida uzilishlarga sabab bo‘lgan.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"