O'zbekiston

Shakarning birjadagi narxi bir kun ichida 15 foizga pastladi

Zavodlar tomonidan shakar o‘rtacha 8 448 ming so‘m boshlang‘ich narxlarda qo‘yilmoqda.

Shakarning birjadagi narxi bir kun ichida 15 foizga pastladi

 

Shakarning birja narxi chora-tadbirlar kiritilgandan keyin bir kun ichida 15 foizga tushdi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, birjadagi xaridorlar soni uch barobarga oshgan.

 

Birja narxini barqarorlashtirish uchun regulyator tovar birjasi orqali kuniga kamida 2000 tonna shakarni bir tonna lotda sotishni buyurdi. Bitta xaridor kuniga 20 tonnagacha xarid qilishi mumkin bo‘ldi.

 

"Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan birjada narxlarni barqarorlashtirish va shakarni birja savdolari orqali barcha xaridorlarga teng sharoitlarda sotilishini tashkil qilish maqsadida ko‘rilgan tezkor choralar natijasida joriy yilning 17 martga nisbatan 18 mart kuniga kelib shakarning o‘rtacha sotilish narxi 1 tn 11,9 mln so‘mdan 10,1 mln so‘mgacha pasaydi yoki 15 foizga arzonlashdi.

 

Zavodlar tomonidan shakar o‘rtacha 8 448 ming so‘m boshlang‘ich narxlarda qo‘yilmoqda. Bunda, o‘rnatilgan limit natijasida ishtirokchilar talablarini to‘liq qondirishga erishildi, xususan oy boshiga o‘rtacha 50 ta xaridor bo‘lsa, 18 mart kuni 150 ta xaridordlar mahsulot xarid qilgan.

 

O‘z navbatida Qo‘mita tomonidan savdolarda ayrim insofsiz tadbirkorlar tomonidan narxlarni sun’iy oshirilganligi, birja savdolariga oid raqobatga zid harakatlar aniqlangan. Hozirda ish qo‘zg‘atish maqsadida hujjatlar rasmiylashtirilmoqda", deyiladi xabarda.

 

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"