Toshkentda 2 ta yo‘l ta’mirlash uchun yopilmoqda
Bu haqda shahar matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, poytaxtda TXAY va Farg‘ona yo‘li ko‘chalarini birlashtiruvchi ikkita yo‘lda ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan quyidagi yo‘llarda 19 martdan boshlab avtomobil harakati to‘xtatiladi:
– “Kompas” SKM yonidagi yo‘l qismi;
– Xalqa yo‘lining Tantana ko‘chasi bilan kesishmasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga burilish qismi.
“Tirbandliklarni oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan fodalanish tavsiya etiladi”, deyiladi rasmiy xabarda.








