Zelenskiy nomzodi Nobel mukofotida ko‘rsatildi
Yevropalik deputatlar guruhi uning nomzodini ko‘rsatib maktub yozgan.

Ukraina prezidenti Vladimi Zelenskiy nomzodi Nobel tinchlik mukofotiga qo‘yildi.
Bu haqda UNIAN nashri xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Ukriana yetakchisining nomzodi yevropalik siyosatchilar tomonidan ko‘rsatilgan. Maktub yo‘llovchilar Zelenskiy nomzodini ko‘rsatishdan tashqari Ukraina xalqi demokratiya va o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatini saqlab qolish uchun kurashishini yozgan.
Eslatib o‘tamiz, avvaroq Ukraina Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Geraщyenko “Fokus” nashrida eʼlon qilingan maqolasida AQSH va Ukraina prezidentlariga “Nobel” mukofoti berishni taklif qilgan edi.







