Abramovich Britaniyaga qayta olmaydi – Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri
Shuningdek, u rus biznesmenlariga qarshi sanksiyalar haqida gapirdi.

Buyuk Britaniya rus oligarxlariga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilmaydi. Bu haqda birlashgan qirollik tashqi ishlar vaziri Elizabet Trass Times gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Bu juda qiyin. Oligarxlar Vladimir Putinga hozirgi harakatlarini amalga oshirishga imkon berdi”, – degan u.
Shuningdek, uning fikricha, “Chelsi” sobiq xo‘jayini Roman Abramovichning qachondir Britaniyaga qaytishi ehtimoli juda kam. Buyuk Britaniya so‘nggi bir oyda aksariyat Rossiya biznesmenlariga qarshi sanksiya joriy etdi. Ular orsida Roman Abramovich, Alisher Usmonov, Mixail Fridman va boshqa milliarderlar bor.
Avvalroq Britaniya hukumati “Chelsi” muxlislaridan Abramovich nomini aytmaslikka chaqirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.








