“Anonymous” Rossiya Federatsiyasining davlat saytlariga “urush” e’lon qildi
Xakerlar hukumatning rasmiy veb-saytlariga misli ko‘rilmagan hujumlar boshladi.

“Anonymous” xakerlar guruhi Rossiya hukumatining rasmiy veb-saytlariga hujumlar boshlanganini e’lon qildi.
Ular, shuningdek, Rossiya va Belarus rasmiylari, davlat ommaviy axborot vositalari, banklar, kasalxonalar, aeroportlar, kompaniya va rossiyaparast “xakerlik guruhlari”ning 2500 dan ortiq veb-saytlarini buzib tashlaganini Twitter sahifalarida ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Anonymous” “Roskomnadzor” ma’lumotlar bazasini e’lon qilgan edi.








