Berlin Pekin bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqmoqchi
Germaniya tashqi ishlar vaziri bu xaqda maʼlumot berdi.

Germaniya Xitoy bilan munosabatlariga doir yangi strategiya ishlab chiqishi kerak. Bu haqda GFR tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok maʼlum qildi.
Berbok Xitoyning xorijiy davlatlardagi energetika sohasiga kiritayotgan investitsiyalariga eʼtibor qaratgan. "Shu sababli biz keyingi oylar davlmida nafaqat yangi xavfsizlik strategiyasini, balki Xitoy bilan munosabatlarga oid strategiyani ham ko‘rib chiqamiz", — degan u. Ammo yangi strategiya o‘z ichiga nimalarni olishi hozircha nomaʼlum.
Berbok Germaniyaning “Yashillar” partiyasi aʼzosi. Bu partiya va shaxsan tashqi ishlar vaziri qayta tiklanuvchi energiya manbalariga investitsiyalarni ko‘paytirish tarafdori. Gap bu yerda Xitoyga anʼanaviy energetika — neft, gaz, IESlarga kiritayotgan sarmoyalari haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy kemalari Yaponiya bilan bahsli hududga kirib kelgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







