“SpaceX” raketasi orbitaga 53 ta yangi “Starlink Internet” sun’iy yo‘ldoshini olib chiqdi
“SpaceX” kompaniyasi Yer aholisini dunyoning barcha qismida internet bilan ta’minlash uchun ularning sonini 12 mingtaga yetkazmoqchi.

“Falcon 9” og‘ir yuk tashuvchisi “Starlink” tizimiga tegishli 53 ta mini-sun’iy yo‘ldoshning navbatdagi partiyasini fazoga uchirdi. Parvoz Florida shtatida amalga oshirildi.
Bu “Starlink” loyihasi doirasida kosmosga uchirilgan Internet-sun’iy yo‘ldoshlarning 42-partiyasi hisoblanadi.
Kelajakda “SpaceX” kompaniyasi ushbu turdagi yana 12 mingta sun’iy yo‘ldoshni kosmosga joylashtirishni rejalashtirgan. Loyihaga kiritilgan sarmoyaning umumiy hajmi 10 mlrd dollarga baholanmoqda.








