18-mart kuni Toshkent shahrida yuz bergan yong‘in 7 soat o‘tib bartaraf etilgan
FVV Yashnobod tumanidagi moy omborida yuzaga kelgan yong‘in sabablarini ma’lum qildi.

FVVning ma’lum qilishicha, Yashnobod tumanidagi “ORIENT LOGISTIK SENTER” MCHJga qarashli omborxonada yuz bergan yong‘in murrakabligi, davomiyligi va maydoni nuqtai nazaridan o‘ta jiddiy yong‘in sifatida baholanmoqda.
Uni bartaraf etish uchun yigirmadan ziyod yong‘in-qutqaruv avtotexnikasi, bir dona yong‘in-qutqaruv poyezdi va 6 dona suv tashish avtotexnikalari jalb etilgan.
Yong‘in 18-mart kuni taxminan soat 20.00 larda boshlangan bo‘lsa, oradan salkam yetti soat o‘tib bartaraf etilgan.
Tahlillarga ko‘ra, yong‘in omborxonada saqlanmasligi lozim bo‘lgan yuk ko‘taruvchi mexanizasiyalashtirilgan transportning elektr tizimida avariyaviy holat sabab yuzaga kelgan deb tahmin qilinmoqda. Uning katta maydonga tarqalishiga esa ushbu omborxonada aralash holda ko‘p miqdorda kanselyariya mahsulotlari, gul qog‘ozlar, polietilen o‘ram mahsulotlari, quruq efir moddasi va me’yoridan ortiq yonuvchi motor moyi saqlanganligi sabab bo‘lgan.
Yong‘inni kelib chiqish sabablari, asosan, tashkilot mutasadilari tomonidan ob’yektda har kunlik yong‘in xavsizligi rejimini nazorat qilinmaganligi bilan bog‘liq bo‘lgan.








