Ertaga Toshkentning yana 2 ta ko‘chasi vaqtincha yopiladi
Beshyog‘och va Olmazor ko‘chalarida avtomobillar harakati 9 soatga cheklanadi.

“Navro'z” bayrami o‘tkazilishi munosabati bilan 21-mart kuni soat 06:00 dan 15:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida poytaxtning Beshyog‘och va Olmazor ko‘chasi qisman yopiladi:
– Besh yog‘och ko‘chasi Furqat ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqda;
– Olmazor ko‘chasi I.Karimov ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqda transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
“Ushbu ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida fuqarolarimiz aylanma yo‘llardan foydalanishlari mumkin”, deyiladi rasmiy xabarda.
Avvalroq Toshkentining Alisher Navoiy ko‘chasida avtomobillar harakati to‘xtalilgani xabar qilingandi.








