O'zbekiston

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari bir-biriga tabrik yo‘lladi

Bu ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 30 yillini munosabati bilan amalga oshirilgan.

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari bir-biriga tabrik yo‘lladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bir-biriga tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.


“Keyingi yillarda birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan biz O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini misli ko‘rilmagan yuksak  strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga olib chiqdik hamda xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamladik.


Bugun O‘zbekiston va Rossiya hamkorligi ochiqlik, o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlash, bir-birining manfaatlarini hurmat qilish tamoyillari asosida faol rivojlanmoqda.


Amaliy hamkorligimizning barcha muhim yo‘nalishlarida yaqin va doimiy muloqot qilish imkonini beruvchi noyob, samaradorligini isbotlagan mexanizmlarga asos solindi.


O‘zaro savdo rekord ko‘rsatkichlarga yetdi. Keng ko‘lamli sanoat kooperasiyasi loyihalari amalga oshirilmoqda. Gumanitar hamkorlik rivojlanmoqda, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, san’at va ta’lim sohalaridagi aloqalar kengaymoqda.


Biz O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida bundan buyon ham izchil rivojlantirish va mustahkamlash niyatidamiz.


Sizga mustahkam sog‘lik va davlatchilik faoliyatingizga yangi muvaffaqiyatlar, do‘st Rossiya xalqiga esa farovonlik va ravnaq tilayman”, deb yozilgan O‘zbekiston Prezidenti tabrigida.

 

O‘z navbatida, Rossiya Prezidenti ham Shavkat Mirziyoyevga o‘z tabrigini yo‘llagan.

 

“O‘tgan o‘n yilliklar mobaynida Rossiya va O‘zbekiston tomonidan barcha yo‘nalishlarda sermahsul hamkorlik bo‘yicha katta tajriba to‘plandi, MDH, SHHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida konstruktiv sheriklik, mintaqaviy xavfsizlikka tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashishda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish yo‘lga qo‘yildi.


Rossiya-O‘zbekiston strategik sherikligi va ittifoqchiligini bundan buyon ham har tomonlama mustahkamlashimizga ishonaman. Bu, hech shubhasiz, do‘st xalqlarimizning manfaatlariga javob beradi, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadlariga mosdir.


Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning barcha fuqarolariga esa farovonlik va ravnaq tilayman”, deyilgan Vladimir Putin tabrigida.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari bir-biriga tabrik yo‘lladi | Zamon.uz