Samaqandda bog‘cha tarbiyachisi bolalarni shpris bilan qo‘rqitib kelgani aytilmoqda
Mazkur holat yuzasidan Zamon.uz muxbiri o‘rganish olib bormoqda.

Aytishlaricha, Samarqand shahridagi “Golden Kids” xususiy bog‘chasida tarbiyachi bolalarni uxlatish va gapini o‘tkazish uchun zulm qilib kelgan. Ota-onalar tarbiyachi bolalarga shpris ignasini tiqib, azoblab kelganidan shikoyat qilishgan.
Hozircha holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilmadi. Samarqand viloyati IIB tomonidan o’rganish ishlari olib borilmoqda.








