Shimoliy Koreya tongda hammani bezovta qildi
Sariq dengiz tomonga snaryad otilgani aytilmoqda.

KXDR Sariq dengiz tomonga reaktiv tizimlardan o‘t ochdi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan 07:20 atrofida Shimoliy Koreyaning Pxyonan-Namdo provinsiyasidan bir soat oralig‘ida 4 dona snaryad otilgan. Janubiy Koreya harbiylari uni reaktiv o‘t ochish tizimlaridan otilganini taxmin qilmoqda.
Koreya respublikasi mudofaa vazirligi armiya shay holatda ekanini va vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini ma’lum qilgan. Ushbu voqeadan keyin Seulda milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Avvalroq Shimoliy Koreya muvafaqqiyatsiz raketa sinovini o‘tkazgani xabar qilingandi.








