Ukrainadagi janglarda 6 nafar jurnalist halok bo‘ldi
Shuningdek, 2 nafar muxbir rus harbiylari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.

Jurnalistlarni himoya qilish xalqaro tashkilotining hisobotiga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzi boshlanganidan buyon 6 nafar jurnalist rus bosqinchilari tomonidan o‘ldirilgan.
8 jurnalist yaralangan, 2 muxbir rus askarlari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.
Shuningdek, rossiyalik xakerlar 2, 3 va 17 mart kunlari Ukraina ommaviy axborot vositalari saytlariga hujum qilgani haqida xabar berdi.
1, 2, 14 va 16 mart kunlari Rossiya bosqinchilari Ukrainadagi telestansiyalarga raketa va bombali hujumlarini uyushtirishgan.








