O'zbekiston

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

Suhbat avvalida Vladimir Putin O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

 

Bugun, 21-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 


Suhbat avvalida Rossiya Prezidenti davlatimiz rahbari va O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqini bahor va yangilanish bayrami – Navro‘z bilan samimiy tabriklab, farovonlik va ravnaq tiladi.


Yetakchilar mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi bilan ham bir-birini chin yurakdan qutladi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi misli ko‘rilmagan yuksak – strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga chiqqani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.


Amaliy hamkorlikning samarali mexanizmlari faoliyat yuritmoqda, uning eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin muloqot yo‘lga qo‘yilgan. Tovar ayirboshlash barqaror oshib bormoqda. O‘tgan yil yakunida o‘zaro savdo ko‘rkatkichi 7,5 milliard dollarga yetdi, joriy yil boshidan esa 50 foizga ortdi.

 

Ustuvor investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Rossiyaning mamlakatimiz iqtisodiyotiga investisiyalari hajmi qariyb 10 milliard dollarni tashkil etmoqda. Ikki mingdan ziyod qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.
Rossiyaning nufuzli delegasiyasi shu hafta poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan Toshkent Xalqaro investisiya forumi ishida ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Faol madaniy-gumanitar almashinuv davom etmoqda.


Muloqotda savdo, investisiyalar, sanoat kooperasiyasi kabi muhim sohalarda, shu jumladan O‘zbekiston va Rossiya hududlarining yetakchi korxonalarini jalb qilgan holda ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.


Ikki mamlakat vazirlik va idoralarining oliy darajada erishilgan kelishuvlarni keng ko‘lamda amalga oshirish bo‘yicha faol aloqalari va o‘zaro muvofiqlashgan ishini davom ettirish muhim ekani qayd etildi.


Mintaqa va xalqaro kun tartibidagi masalalar, shu jumladan Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek do‘stona va ishonch ruhida o‘tdi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi | Zamon.uz