“Anonymous” xakerlar guruhi “Nestle” saytini buzib kirishdi
Elektron pochta, parollar va biznes mijozlarning ma’lumoti ommaga oshkor qilingan.

“Anonymous” xakerlari Rossiyani tark etishdan bosh tortgan “Nestle” kompaniyasining ma’lumotlar bazasini buzib kirdi. Bu haqda ular o‘zlarining Twitter sahifasida ma’lum qilgan.
“Anonymous” jamoasi dunyodagi eng yirik “Nestle” oziq-ovqat kompaniyasining ma’lumotlar bazasini e’lon qildi. 10 GB elektron pochta ma’lumotlari, parollar va “Nestle” mijozlari haqida ma’lumotlar oshkor qilindi, deb yozgan ular.
Xakerlar bir kun avval kompaniyalarga Rossiyadagi bizneslarini tugatishlari uchun 48 soat vaqt bergandi.








