AQSH tabiiy ofatlardan aziyat chekmoqda
Texas va Oklaxoma shtatlariga vayronkor tornado yopirilgan.

AQSHning Texas va Oklaxoma shtatlari yuz bergan tornadolardan jiddiy zarar ko‘rdi. Tabiiy ofat oqibatida kamida to‘rt kishi jarohat oldi, ko‘pchilik elektr ta’minotisiz qoldi. Maktab binolari, uylar va boshpanalar vayron bo‘lgan.
Texasning Jeksboro shahridagi vayron bo‘lgan uydan to‘rt kishi qutqarib olindi. Prezident Bayden tornadodan jabr ko‘rgan shtatlarga yordam ko‘rsatishni buyurdi.
Husob-kitoblarga ko‘ra, bo‘ron paytida kamida 60-80 ta uy vayron bo‘lgan. Texasda 67 ming, Oklaxomada mingdan ortiq abonent elektrsiz qolmoqda.








