O'zbekiston

Kotibalikdan mahalla raisligigacha

Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi "Do‘stlik" mahallasi raisi Ma’mura Azimova umrining 23 yilini mahallada odamlar tashvishi, ularning quvonchu-shodligini birga baham ko‘rish bilan o‘tkazdi.

Kotibalikdan mahalla raisligigacha

 

U 35 yoshida ilk ishini "Do‘stlik" mahallasida kotibalikdan boshlagan. Yosh bo‘lishiga qaramay, uning bu ishi sinovli boshlangan. Ya’ni, mahalla raisi kasal bo‘lgani bois uning vazifasi Ma’mura opaga yuklatilgandi. 

 

“Raisimiz kasal bo‘lib qolganida, yarim yil ham kotibalik, ham raislik qildim. Hozirda mahalla raisiman. Ungacha faoliyatim davomida to‘rtta raisni ko‘rdim. Hammasida o‘zim kotibalik qildim. Hozir mahallani boshqarishda qiynalmayman. Chunki o‘shanda ham raislar bajaradigan ishni men qilardim (kuladi). Mahalla ishlariga shu darajada ko‘milib ketgandimki, uy yumushlariga ulgura olmasdim. Tabiiyki, bu turmush o‘rtog‘imga yoqmasdi. Ishlashimga qarshilik qilgan paytlari ham bo‘lgan”.

 

Ma’mura opa arosatda qolgan kezlari rahbarlarga biroz yolg‘on gapirishga ham majbur bo‘lgan ekan

 

“1999 yillar eng qiyin davrlar edi. O‘sha yili portlash bo‘lgan, mahallani ishlari bilan kechgacha qolib ketardim. Turmush o‘rtog‘imga bu yoqmasdi. Ishdan bo‘shaysan, deb turib olganlar. Raisimiz kasal bo‘lganliklari uchun ko‘chaga chiqa olmasdi. Uyida faqat muhr bosib berardi. Hamma ish o‘zimga qolgandi. Ishdan bo‘shash uchun ariza yozganimda, mahalladagilar rozi bo‘lmagan. Ularga oilaviy sharoitimni tushuntira olmaganman. Shunda: "xo‘jayinim ishdan bo‘shaysan, agar ariza yozmasang, ajrashaman deb shart qo‘ydilar", —  deb yolg‘on gapirgan kezlarim bo‘lgan. Orada turmush o‘rtog‘im vafot etdilar. Boshqa ishlamaslikka qaror qildim. Ancha vaqt uyda o‘tirdim. Keyinchalik fuqarolar va rahbarlarning talabi bilan yana mahallaga qaytdim. Mahallada rizqim bor ekan, mana shu yerga raislikka saylandim”.


2022-yil 18-fevral kuni Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yangihayot tumanida bo‘lib, mahalla faollari bilan suhbatlashdi. Ular orasida Ma’mura opa ham bor edi

 

“O‘sha kunni hali ham hayajon bilan eslayman. Qaratilgan e’tibor va rag‘batdan mamnun bo‘ldim. Bizning mahallamizda "Obod mahalla"ga tushgan uylarimizning biriga chizilgan devoriy surat yurtboshimizga juda yoqdi. Shunday rasmlarni ko‘paytirishni aytdilar.  Biz raislar 4,5-5 ming aholi bilan ishlasak, shuni o‘zini boshqarish qiyin. Prezidentimiz esa 35 millionga yaqin aholi bilan ishlaydilar. Ular bilan bo‘lgan suhbatdan motivatsiya oldim”, — mahalla raisi.

 

Qiyinchiliklarga qaramay o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqatini Ma’mura opa insonparvarlikdan dedilar

 

“Menga odamlar bilan ishlash, ular bilan muloqot qilish yoqadi. Shuning uchun kasbim qanchalik qiyin bo‘lmasin, uni yaxshi ko‘raman”, — deydi u. 

 

Raislik faoliyati aholi bilan ishlash va ularning muammolarini hal etish bilan bevosita bog‘liq

 

“To‘rt yarim mingga yaqin aholi bo‘lsa, har birining o‘ziga yarasha taqdiri bor. Ular bilan til topishish oson emas, albatta. Oilalarga moliyaviy yordam berish ajrashayotganlarga ruhiy ko‘mak ko‘rsatishdan ancha murakkab. Hamma narsa mablag‘ga borib taqaladi. Ikkita nogiron farzandi bor oilaga imtiyoz berilishi kerak edi. Operatsiyasi uchun taxminan 260 millionlik mablag‘ga muhtoj edi. Chunki buning ortida butun umrlik kelajagi turardi. Biz bu pulni topib berolmasdik. Lekin ularga yordam berib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatdik. Qayerda uchrashuv bo‘lsa, olib bordik. Oxiri, qizi uchun homiy topildi. Ular  hozir sog‘-salomat. Nogiron farzandlari ko‘rsatilgan yordam natijasida eshitishni va asta-sekin gapirishni boshladi. Menga mana shunday yechimlar kuch beradi. Shunday paytlarda o‘z kasbimga bo‘lgan mehr yanada ortadi”.

 

Ma’mura opa raislik lavozimiga ikki marta saylangan. "Do‘stlik" mahallasida o‘tgan 23 yillik umri Ma’mura opaga aholi bilan do‘stona muhit yaratdi.

 

Muallif: Fotima Nabiyeva

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Kotibalikdan mahalla raisligigacha | Zamon.uz