O‘zbekiston xalq artisti Maryam Ixtiyorova vafot etdi
Aktrisa 83 yoshda olamdan o’tgan.

Bugun, 22-mart kuni O‘zbekiston xalq artisti Maryam Ixtiyorova 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Kun.uz” nashri xabar berdi.
Aktrisa 1939-yil 21-aprelda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 1963-yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. 1959 yildan boshlab Muqimiy teatrining aktrisasi bo‘lib ishlagan.
Maryam Ixtiyorova o‘zining uzoq yillik faoliyati davomida “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, “O‘zbekiston xalq artisti” kabi unvonlar va “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.








