O'zbekiston

Surxondaryoda YPX xodimiga pora taklif qilgan haydovchi ushlandi

U mast holda avtomobil boshqargan va buning uchun chora ko‘rmaslikni so‘ragan.

Surxondaryoda YPX xodimiga pora taklif qilgan haydovchi ushlandi

 

20-mart kuni Jarqo‘rg‘on tumanining “Kakaydi” qo‘rg‘onida xizmat olib borayotgan YPX xodimi “Neksiya” rusumli avtomashina haydovchisini to‘xtatadi. O‘zaro suhbatda haydovchining o‘g‘zidan spirtli ichimlik hidi kelayotganini payqagan xodim uni tekshiruvdan o‘tishga taklif qiladi.


Tekshiruv natijasiga ko‘ra, ushbu haydovchining mast ekani tasdiqlanadi. YPX xodimi tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 291-moddasiga ko‘ra avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yiladi.
Haydovchi xodimdan tegishli chora ko‘rmasligini so‘ragan va evaziga 300 AQSH dollari miqdorida pul berishni taklif qilgan.


Shundan so‘ng, xodim Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, pora taklif qilayotgan fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.


Holat yuzasidan 21 mart kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda haydovchi YPX xodimiga 300 AQSH dollari miqdorida pullarni pora sifatida berayotganda ushlangan.


Hozirda Jarqo‘rg‘on tumani prokuroturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Surxondaryoda YPX xodimiga pora taklif qilgan haydovchi ushlandi | Zamon.uz