O'zbekiston

Umrini yo‘lda o‘tkazayotganlar

Bugun, 22-mart – Xalqaro haydovchilar kuni. Bu kasb egalari oilasi diydoriga to‘ymay, ish tashvishi bilan uzoqlarga yo‘l oladi.

Umrini yo‘lda o‘tkazayotganlar

 

Haydovchi Jasurbek Tursunovning umri deyarli ko‘chada o‘tadi. Bir oyning o‘n kunini oilasi, farzandlariga bag‘ishlay oladi. Mana 5 yildirki, uning kunlari yo‘lda o‘tyapti. Har bir ishning o‘ziga yarasha qiyinchiligi bor. Qahramonimiz kasb mashaqqati haqida shunday deydi:

 

“Haydovchilik menga bobomdan meros. Ishim menga yoqadi — bundan faxrlanaman. Shunday kezlar bo‘lganki, yo‘llar yopilib, sovuqda qolib ketganman. Mashinaning ichida ko‘p vaqt qolib ketishga to‘g‘ri kelgan. Ko‘pincha bir oy, ba’zan bundan ham ko‘p, masalan, 45 kunlab yo‘l yuraman. Uyimda esa 1 hafta – 10 kun bo‘laman. To‘g‘ri, qiyin, yaqinlarim, farzandlarimni sog‘inaman. Ular ham meni sog‘inadi. Lekin na iloj, oilani boqish kerak”.

 

Qahramonimiz kasbi orqali ko‘p mamlakatlarda ham bo‘lgan:

 

“Yevropadan boshqa ancha mamlakatlarni ko‘rdim. Turkiya, Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon – shular jumlasidan. Odamlar pul sarflab, chet davlatlarga chiqadi. Men esa ishim bahona sayohat qilaman. Mana, bugun kechga yana Turkiyaga yo‘l olaman”.

 

Haydovchilarni qiynaydigan eng katta muammo – uyqu va yo‘lning yomonligi. Ular uzoq safarga otlanganda bu muammoga qanday yechim izlaydi?


“Ertalab yuraman, kech tushishi bilan avtoturargohlarda to‘xtab, albatta, uxlab olaman. Yo‘llar ba’zan muz bo‘ladi: uning ‘kayfiyati’ga qarab yurish juda qiyin. Shunday paytlar bo‘lganki, yukni tezroq eltib berish uchun muz ustida ketishga majbur bo‘lganman. Lekin yo‘lda tavakkal qilish xato. Chunki xato qildingizmi, kechirilmaysiz”.

 

“Fura”dagi masalliqlarni ko‘rib ajablandim. Menimcha, yo‘lda to‘xtab, o‘zlari o‘choq qurib, ovqat qilsa kerak, degan xayolga bordim. Lekin unday bo‘lib chiqmadi:

 

“Kamazda gaz, qozon-tovoq bor. Xohlaganimda, biron joyda to‘xtab, o‘zim ovqat pishiraman. Sovuqda o‘tin terib, o‘choq qidirishim shart emas. Joyi keladi, chegaralarda kunlab navbat kutaman. Shunday paytda ovqat tayyorlab yeyaveraman. Ko‘pincha charchoqni kuchidan erinib, oshxonalarda ovqatlanib ham turaman”.

 

Bizga oddiy va oson tuyilgan kasbning faxrlanarli va biz bilmagan mashaqqatlari bor. Haydovchilarimizni bayram bilan tabriklab, hamisha yo‘llari ravon bo‘lishini tilab qolamiz.

 

Muallif: Ravshana Karimova

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Umrini yo‘lda o‘tkazayotganlar | Zamon.uz